Янгиликлар

“Yashil makon”da fermerlar faol

    Bu jarayonga Toyloq tumanidagi fermer xo‘jaliklari va klasterlar ham o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.  
Joriy yilning kuz mavsumida tumandagi fermer xo‘jaliklari dala chetlariga 86 ming 200 ta, bog‘-tok va tutzorlar barpo etish maqsadida 127 ming 500 ta, o‘rmon barpo etish yo‘nalishida 30 000 ta, ariq va zavurlar yoqalariga esa 9000 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Bu boradagi ishlar esa jadallik bilan olib borilmoqda.

“BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”

    “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan Toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabida yuqoridagi shior ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasi, tuman IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda  kasb-hunar maktabining  pedagog-xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi. 

Fuqarolarning murojaatlari tinglandi

   Bugun  Toyloq tuman Xalq qabulxonasida fuqarorlar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Kambaridinova, tuman idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi. 
     Qabulda fuqarolardan uy-joy, tibbiy va moddiy yordam, aliment undirish, bola uchun nafaqa olish, muddatidan oldin pensiyaga chiqish, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди