“Yashil makon”da fermerlar faol

    Bu jarayonga Toyloq tumanidagi fermer xo‘jaliklari va klasterlar ham o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.  
Joriy yilning kuz mavsumida tumandagi fermer xo‘jaliklari dala chetlariga 86 ming 200 ta, bog‘-tok va tutzorlar barpo etish maqsadida 127 ming 500 ta, o‘rmon barpo etish yo‘nalishida 30 000 ta, ariq va zavurlar yoqalariga esa 9000 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Bu boradagi ishlar esa jadallik bilan olib borilmoqda.
    Xususan, ayni kunlarda “Pardayev dalalari” fermer xo‘jaligi dala chetiga 600 ta, “Roziq Farruxjon” fermer xo‘jaligiga 300 ta tut ko‘chatlari, “Saynur-Akobir” fermer xo‘jaligi 500 ta gilos, “Toyloq meva-sabzavotlari”  fermer xo‘jaligiga 300 ta nok, “Norboyev Abbos Alisherovich” fermer xo‘jaligiga  300 ta pavlovniya, “Do‘rmon oltin dalalari” fermer xo‘jaligiga 200 ta povlovniya, “Muslimbek-Zebo” fermer xo‘jaligiga 600 ta gilos ko‘chatlari ekilib parvarishlanmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди