Tozalik, ozodalik bor joyda qut-baraka bo‘ladi, ko‘rgan ko‘zlar quvonib, qalblar yashnaydi
17.02.2024 - 16:48Bugun Toyloq tumanida hudud tozaligini saqlash hamda yanada obod bo‘lishini ta’minlash, joylarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari tomonidan obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mahallalar, guzarlar, ziyoratgoh joylar, bolalar maydonchalari, xiyobonlar, qabristonlar, tashkilotlar, ko‘chalar va ariqlarni tozalash, chiqindidan xoli hududga aylantirilib, daraxtlar oqlanib, ko‘plab yangi ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.