Maqsad: “Maktab-ota-ona-mahalla” zanjirini yanada mustahkamlash

    “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Toyloq tumanidagi maktablarda ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 
    Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘ray-Elipok mahallasida joylashgan 50-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ota-onalar bilan  yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid muhim  mavzular haqida suhbatlashdi. 

    Xususan, bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati, oiladagi muhitning farzand ta’lim-tarbiyasiga ta’siri, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini o'rnatish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish haqida fikr-mulohazalar bildirdi.  Muntazam dars qoldiruvchi o'quvchilarga chora qo'llash, ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi to‘g‘risida  tushuncha berdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди