Toyloqda joriy yilning 1-choragida 870 kg qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan
26.04.2024 - 17:21 Bu haqda tuman vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Rustam Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. Tadbir davomida soha mutaxasislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash bo‘yicha dehqon bozorlarida olib borilayotgan ishlar to‘g’risida ma’lumot berdi.