Toyloqda joriy yilning 1-choragida 870 kg qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan

     Bu haqda  tuman vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Rustam Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. Tadbir davomida soha  mutaxasislari  tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari  xavfsizligini  taminlash  bo‘yicha  dehqon  bozorlarida  olib borilayotgan  ishlar  to‘g’risida ma’lumot berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26-apreldagi  “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takkomillashtirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida“ gi qarorida belgilangan veterinariya xizmati va  sanitariya epidemiologiya nazorati organlarini jalb etgan holda har bir dehqon (oziq-ovqat) bozorlarida olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati ekspress-analiz labaratoriyalarida tekshirilmoqda.          
     Tumanda to‘rtta  - Toyloq, Jumabozor, Davlatobod va Bog‘izog‘on dehqon  bozorlari  aholiga  xizmat  ko‘rsatmoqda, -deydi R.Haydarov.  
   -Tumandagi barcha dehqon bozorlarida ekspress-analiz labaratoriyalari tashkil qilingan.    
    Tuman  veterinariya  sanitariya  ekspertiza  labaratoriyasida    4  nafar oliy ma’lumotli malakali  xodimlar  xizmat ko‘rsatadi.
    Tuman tashxis markazi veterenariya-sanitariya laboratoriyasi tomonidan keltirilgan go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari vet-san ekspertiza labaratoriyasidan o‘tkazilib, sotishga ruxsat beriladi.  
    Joriy yilning birinchi choragi davomida 236  ta namunadan 62100 kg go‘sht mahsuloti tekshirilgan.  Veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 5 ta namunaga asosan  30  kg  mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilgan va veterinariya  qonunchiligi  bo‘yicha zararsizlantirilib, yo‘q qilingan. 
     632 ta namuna ya’ni, 35700 kg qo‘y go‘sht mahsuloti  veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 3 ta namunaga asosan  8  kg  mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilib, veterinariya qonunchiligi bo‘yicha zararsizlantirilib, yo‘q qilindi. 
      85600  kg  baliq  mahsuloti  veterinariya sanitariya ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilib, 5 ta namunaga asosan  57  kg  mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilibgan.  
  Qolaversa, 14  kg  sut mahsuloti,  152  kg  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
     Bundan tashqari, tuxum, poliz mahsulotlari, tuzlamalar  asal va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, yaroqli deb topilganlari sotishga ruxsat etiladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди