Xo‘jaqishloq mahallasida bolalar va kattalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

   Bugun Toyloq tumani hokimligida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bahodir Sanaqulov ishtirok etdi va “Kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritdi. 
   Ta’kidlanganidek, Toyloq tumanidagi Bog‘izog‘on mahallasi hududida 8,9 gektar yer maydonida “Kichik sanoat zonasi” tashkil etilgan. Bu yerda 23 ta lotlar Ye-auksion savdolari orqari tashabbuskorlarga investision majburiyatlari belgilangan holda sotilgan bo‘lib, bugungi kunda 4 ta loyihada to‘liq qurilish ishlari amalga oshirilgan.
   Jumladan:
- “ALMA ORGU” MCHJ tomonidan o‘simliklar uchun mineral preparatlar ishlab chiqarish:
- "TOYLOQ IPAGI"MCHJ tomonidan pilla mahsulotlarini qayta ishlash;
- "GRAND PERILLA NERJAVIKA" XK tomonidan tom uchun mo‘ljallangan PET qoplamalar (leksan) ishlab chiqarish;
- "XAMZA STORY PLUS 777" MCHJ tomonidan qurilish mollari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilgan.

    Bundan tashqari qolgan 19 ta lotlarda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
    Jumladan:
- "OLTIN SIFAT PULS" MCHJ tomonidan ichimlik suvlari ishlab chiqarish loyihasi;
- "SHOXRUX-E" MCHJ tomonidan har xil turdagi samorezlar ishlab chiqarish;
- Tashabbuskor “Orziqulov Akbar Xatamovich” tomonidan tovuq go‘shti terisini qayta ishlash orqali margarin yog‘i ishlab chiqarish;
- "AZIMOV FAXRIDIN XUSHVAKTOVICH" MCHJ tomonidan har xil turdagi qoplar ishlab chiqarish ;
- "SAMARQAND KARTOSHKACHILIK MARKAZI" MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (kartoshka chipsilari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuvish, quritish, saralash va qadoqlash) va boshqa loyihalarda jadallik bilan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 
    Ushbu loyihalar joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda “Davlatobod” kichik sanoat zonasida 5 ta lotlar Ye-auksion savdolari orqari tashabbuskorlarga investision majburiyatlari belgilangan holda sotilgan bo‘lib, bugungi kunda barcha loyihalarda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
  Tumanning “Shopo‘lot” mahallasi hududidan kichik sanoat zonasi tashkil etish maqsadida 2 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 10 ta lotlarga bo‘lingan holda Yer-elektron platformasida Ye-auksion savdolariga chiqarish uchun tayyorlanmoqda. 
  Ushbu lotlar joriy yilning 20 aprel kuniga qadar Ye-auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlanadi.

    Samarqand viloyat hokimining 2021-yil 12-maydagi  94-Q-sonli hamda Toyloq tuman hokimining 2021-yil  12-maydagi 222-Q-sonli qarori bilan tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan Eskijuma MFY hududida joylashgan sobiq qishloq vrachlik punktining 2,25 gektar yer maydonida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini tashkil etilishi belgilangan.
  Xususan, ushbu yer maydoni loyihalarni joylashtirish bo‘yicha bosh rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib,  bosh rejaga asosan 25 ta lotlarga bo‘lingan. Lotlarning  18 tasi Ye-auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib, qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli Qaroriga asosan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududlarini kengaytirish maqsadida Toyloq tuman “Xo‘jaqishloq” massividan 14,9 ga yer maydonlari ajratilgan. Bu yerda tashabbuskor "Ma’rupov Shavkat" tomonidan bolalar va kattalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida 1 gektar yer maydoni Ye-auksion savdolari orqali sotib olinib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari bajarilmoqda.
   Bundan tashqari qolgan 6 ta lotlar “E-AUKSION.UZ” elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди