Toyloqda bandlik dasturi ijrosi qanday bajarilyapti?

    Xalqaro me’yorlarda belgilangani kabi yurtimizda ham har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Shu boisdan ham mamlaktimizda aholi bandligini ta’minlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu boradagi ishlar ko‘lami har yili qabul qilinadigan  alohida maxsus dasturlar doirasidagi chora-tadbirlar amaliyoti orqali yanada salmoqli va samarali bo‘lib bormoqda.
    Xo‘sh, bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amalga oshrilyapti, bandlik dasturi ijrosi qay ahvolda, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar belgilanayapti? Shu va boshqa savollarimizga bugun Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir haqberdiyev hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiboshlig‘i Jo‘rabek Hamroqulov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi. 
    Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda bandlik dasturi bo‘yicha  yil davomida 20842 ta yangi ish o‘rinlari, shundan 6281 tasi doimiy, 9078 tasi mavsumiy, 5483 tasi vaqtinchalik yangi ish o‘rinlari  yaratilishi belgilangan. 
     Yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda  investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1482 ta,  xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga 8736 ta,  qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi hisobiga 10046 ta,  qurilish sohasida 578 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 
     2024-yilning 1-choragida 3217 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, shundan 2620 tasi doimiy, 597 tasi mavsumiy yangi ish o‘rinlari hisoblanadi.  Ish rejaning tegishli bandlariga asosan aholini ish bilan taьminlash maqsadida 2024-yil davomida dastur bo‘yicha jami 1781 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan taьminlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda yanvar-mart  oylarida 397 nafar ishsiz fuqarolar iqtisodiyotning turli soxalaridagi korxona, tashkilot va muassasalaridagi bo‘sh hamda kvota  ish o‘rinlariga bo‘lim yo‘llanmalari asosida ishga joylashtirildi. Ishga joylashtirilgan fuqarolarning 168 nafarini yoshlar va  126 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
    Tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishga qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish bo‘yicha 2024-yil uchun 174 ta ish o‘rinlari tasdiqlangan. 2024-yil yanvar-mart oylarida 9 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar ishga joylashtirildi.

    Har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishsiz fuqarolarning ruyxati shakllantirildi va shu asosida 237 nafar ishsiz fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish rejalashtirilgan.  2024-yilning yanvar-mart oyida 112 nafar ishsiz fuqarolar xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga buyurtma asosida jalb qilindi. Ularning 54 nafari ayollar, 42 nafari yoshlarni tashkil etdi.
   Tumandagi ishsiz fuqarolarning bandligini taьminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 3 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Natijada 31 nafar ishsiz fuqarolar iqtisodiyotning turli sohalariga ishga joylashtirildi. Ularning 12 nafar xotin-qizlar, 9 nafar yoshlarni tashkil etadi. 
    Joriy yilning o‘tgan davrida tumandagi 50 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 2024-yil I-choragi davomida 106 ta jismoniy va yuridik shaxslarga jami 1,5 mlrd.so‘mlik imtiyozli bank kreditlari ajratib berildi. 
Joriy yil o‘tgan vaqt mobaynida, hokim yordamchilari tomonidan 7,2 mlrd.so‘mlik 44 ta kichik loyihalar ishga tushurilib, 155 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
    2024-yilning birinchi choragida o‘tgan davrida “Yoshlar daftari” ga 158 nafar yoshlar kiritilib, 24 nafar yoshlarga amaliy ko‘mak berildi.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarning 1 nafari doimiy ishga joylashgan, 18 nafarining to‘lov kontrakti to‘lab berildi, 1 nafariga tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi, bandligini ta’minlash uchun 2 nafariga mehnat qurollari olib berildi va 2 nafar yoshlarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
    Misol uchun; Joriy yilning 2-aprel kuni tumanda ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mahallada yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari bilan birgalikda 2 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari berildi.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash , shuningdek , yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi 153-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman zahirasiga olingan 400 ga yer maydoni 1858 nafar yoshlarga ajratib berish ko‘zda tutilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди