Tadbirkorlarga ko‘mak berilmoqda

   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik harakatining umumiqtisod ravnaqiga qo‘shadigan hissasini ko‘paytirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.Shu boisdan ayni kunlarda Toyloq tumanida sektorlar rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganmoqda. 
    Xususan,  bugun tuman hokimi Bahodir Bobonazarov 1-sektor hududidagi faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularning muammolarini tinglab,  masalaga ijobiy yechim izlashdi.

   Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklamoqchi bo'lgan  tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatilib, faoliyati qayta tiklanadigan bo'ldi. 

  Nol hisobot bergan  va hajmni kam ko'rsatgan korxonalar qayta hisobod betadigan bo'ldi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди