Kollej faoliyati o‘rganildi

     Maktabgacha ta’lim agentligining pedagog kadrlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Gaffarov Toyloq pedagogika kollejida bo‘ldi.
    Kollej direktori Sh.Asadov bilan ta'lim dargohida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va o‘quvchi-talabalar bilan suhbatlashdi. Ular bilan mutaxassisliklari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazdi. Kollej talabalari tomonidan amaliy darslarda tayyorlagan qo‘l mehnatlari bilan tanishdi.

    Ma’lumot o‘rnida,  bugungi kunda kollejda kunduzgi, sirtqi hamda dual ta’lim shakli mavjud bo‘lib bunda jami 420 nafar talaba tahsil olmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди