Toyloqda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash ahvoli qanday?

   Yurtimiz aholisini turmush sharoitini yaxshilash, ularga qulay muhit yaratish va har tomonlama extiyojlarini qondirish maqsadida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirish to‘g‘risida qaror va farmoishlari qabul qilinmoqda.

  Xususan, tumanimiz aholisini ichimlik suv ta’minoti yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda yangidan ichimlik suv tizimlari qurish salmog‘i kundan-kunga ortib bormoqda.

   Tumanimizni “Xo‘jayuz” MFY Qaropchi qishloq aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qishloqda 1-dona ichimlik suv inshooti va
4.0 km.ichimlik suv tarmog‘i tortilib xozirgi kunda qishloq aholisi toza ichimlik suv ta’minlandi.

   Bugungi yig‘ilishda 2024 yil "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida ichimlik suv ta’minoti tizimini yaxshilash  bo‘yicha Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.

   Bugungi kunda mazkur mezonlar bo‘yicha tumandagi “Tepaqishloq” MFY belgilab olingan bo‘lib xozirgi kungacha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

   “Tepaqishloq” MFYda Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Toyloq tuman filialiga qarashli 3-dona ichimlik suv inshooti mavjud shu ichimlik suv inshootlarini ta’mirlash va 10,0km.ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlarini bajarish belgilangan bo‘lib,hozirgi kunda 3-dona suv inshooti xam ta’mirlandi.10,0 km. ichimlik suv tarmog‘i tortish bo‘yicha ishlar davom ettirilib bugungi kungacha 4,0 km. ichimlik suv tarmog‘i tortildi.  Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Toyloq tuman filiali tamonidan bajarildi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 13 apreldagi PQ-465 sonli “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072 sonli qaroriga asasan Moliya Vazirining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbus byudjet” jarayonida ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha tumandagi “Yangi Xayot” MFY Navxoz qishlog‘ida 1-dona ichimlik suv inshooti qurish va 4,5 km. ichimlik suv tarmog‘i tortish tashabbusi  g‘olib chiqib ushbu tashabbusga asosan “Yangi Xayot” MFY Navxoz qishlog‘ida  1-dona ichimlik suv inshooti qurish va 4,5 km. ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari boshlangan xozirgi kunga kelib 3,0km.ichimlik suv tarmog‘i tortilgan.

   Bunda tashqari tumanimizda ichimlik suv ta’minoti bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida:

1.Yangi qurilgan ichimlik suv inshootlariga ulangan xonadonlarni to‘liq ichimlik suv bo‘yicha shartnomalar qilish davom etmoqda. O‘tgan davr maboynida 760 xonadon bilan sharnoma tuzildi.

2. Ishlab chiqarishda iste’molchilarga o‘rnatilgan suv xisoblagichlari yetkazib berilayotgan suv sarfini to‘g‘ri xisob-kitob qilinishi va ortiqcha isrof bo‘lishini oldini olinishiga imkon yaratadi.

  Bu borada keng jamoatchilik, ijtimoiy tarmoqlar va “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Toyloq tuman filiali barcha nazoratchilari hamda matbuot xizmati tomonidan suv hisoblagich o‘rnatishning qulayliklari, ichimlik suvni behuda sarflamaslik to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

   Yil yakuniga qadar ko‘cha kalonkalaridan ichimlik suvini iste’mol qilib kelayotgan 604 ta xonadonlarni markaziy tarmoqqa ulash va suv xisoblagichlar o‘rnatish ishlarini amalga oshirish belgilab olingan edi yil boshidan xozirgi kungacha 290 xonadon markaziy tarmoqga ulanib shuncha xonadon suv xisoblagichlar o‘rnatdi.

3. Ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha 2024 yil boshidagi mavjud (830 519 000 .so‘m)  debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha tuman hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida tushuntirish-tashviqot ishlari olib borildi va xozirgi kunda 699 714 000 so‘mga qisqartirilishiga erishildi.Joriy yilning oxirigacha shu ishlarni davom ettirish kelishib olindi.

4.Tumandagi Sochak MFYdagi namunaviy uy-joylar uchun qurilgan  ichimlik suv inshootini suv ko‘tarib berish nasosi yangisiga almashtirildi va 7 ta MFY dagi ichimlik suv inshootlarini suv ko‘tarib berish nasoslari ta’mirlandi.

5. Joriy yilning o‘tgan davrida suv ta’minoti korxonasi hisobidan tuman aholisidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish va tizimda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida tumandagi O‘ray Elipok MFY aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1000 metr,  ”Do‘stlik” MFY 300 metr, ”Nuroniy” MFY Bo‘tiboy qishlog‘iga 200 metr, ichimlik suv tarmoqlari tortildi.

6. Yangi zamonaviy elektr xisoblagichlar tumandagi “Bog‘ichinor” MFY, “Olmazor” MFY, “Madaniyat” MFY, “Birlik” MFY, “Zarafshon” MFY va “Chorbog‘tepa” MFY dagi ichimlik suv inshootlariga o‘rnatildi.  

 

“Samarqand suv ta’minoti” MCHJ

Toyloq tuman bo‘limi boshlig‘i: S.Yuldoshov

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди