Aholi murojaatlari tinglandi

   Bugun Vorsin mahallasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.     
   Unda Toyloq tumani hokimi  Bahodir Bobonazarov, tuman prokurori 2-sektor rahbari  A. Saypiddinov,  Xalq qabulxonasi mudiri Zayniddin Nuriddinov,  idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, elektr energiyasi, kadastr hujjatlaridagi muammolar, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди