Toyloqda 8 mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami tantanali nishonlandi

  Bugun “Temurjon” bazmgohida tashkil etilgan bayram dasturxoniga kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bekalari, fermer xo‘jaliklarda, obodonlashtirish boshqarmasida, zavod-fabrikalarda  mehnat qilayotgan ayollar, onaxonlar taklif etildi.
    Tadbirda tuman hokimi B. Bobonazarov hamda tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdi va yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida gapirib, tumanimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi, jamiyat taraqqiyoti, turmush farovonligi, kelajak avlod tarbiyasi yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni, munis onajonlarni bayram bilan qutladi.
  Bayramlarga boy bo‘lgan go‘zal bahor faslining ilk ayyomi  ko‘tarinki ruhda, shodu xurramlikda nishonlandi. Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarga tuman hokimining bayram sovg‘asi topshirildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди