Reytingda yuqori ball olish uchun 23 ta mezon bo‘yicha ball yig‘iladi

   Toyloq tuman soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tumanda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona vakillari bilan  uchrashib, barqarorlik reytingi bo‘yicha batafsil ma’lumot berishmoqda. Navbatdagi manzil  “Texno servis impeks" MChJ bo‘ldi.

   Ta’kidlash lozimki reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan. Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon. 

   Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди