Tashqi reklama vositalari qonun talablariga mos keladimi?

       Bugun reklama biznesning asosiy bo‘g‘iniga aylandi. Ammo reklamalarning barcha turi ham O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga mos kelavermaydi.
   Shu boisdan bugun Toyloq tuman hokimligi tomonidan tuman hududida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosli o‘tganildi.
   Tumandagi  Bog‘izog‘on, Sriosiyo, Talliota mahallalaridagi maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, savdo do‘konlari oldidagi tashqi reklama, bannerlarning aksariyati qonun talablariga javob bermasligi aniqlandi. Ayniqsa, reklamalardagi imloviy xatolar, undagi suratlarning xalqimiz mintalitetiga to‘g‘ri kelmasligi kishini tashvishga soladi. Chunki, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy ongiga salbiy ta’sir qiladi, ularning tilga bo‘lgan munosabatini  shakllantiradi.
    Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Qonun talablariga zid bo‘lgan reklama peshlavhalari olib tashlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди