Ishchi guruh faoliyatidan

   Xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishchi guruhi Toyloq tumanida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda. 
   Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev hamda Gʻayrat Abdiyevlar  "SAM FIORENTA" MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni, muammolarni o‘rgandi.  
   Korxona tomonidan umumiy qiymati 11 mlrd. 500 mln. so‘mlik “Maishiy changyutgichlar” ishlab chiqarish loyihasi amalga oshrilishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Korxona tomonidan yiliga 100 ming dona, 6 xil turdagi chang changyutgichlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 
   Bundan tashqari, korxona tomonidan umumiy qiymati 17 mlrd. 500 mln. so‘mlik “Mayishiy texnikalar uchun kabel maxsulotlar” ishlab chiqarish loyihasi amalga oshrish hisobiga 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди