3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi   

    Toyloq tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Oybek Xo‘jamov Jalolobod mahallasida yashovchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

   Unda asosiy e’tibor yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, hudud yoshlarini Oliy ta’lim muassasalariga kirish qamrovini oshiri, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.

   Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni yaratish kabi mavzularda ochiq va samimiy muloqot qildi.       

   Shuningdek, sektor rahbari yoshlarning taklif va muammolarini eshitdi, ularning savollariga  batafsil javob berdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди