Huquqbuzarlik aholi o‘rtasida muhokama etildi

   2023-yilning noyabr oyida Toyloq tumani O‘ray-Elipok mahallasida o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgan.  Shu mahallada yashovchi E.  Abdullayevning yashash xonadonidan noma'lum shaxslar tomonidan 2 bosh qo‘y o‘g‘irlab ketilgan. 
    Bugun Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov, mahalla beshligi, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur jinoyat ishi muhokama etildi.  


   Tuman hokimi mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ekanligini, yoshlar-ta’lim tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish davr talabi ekanligini ta’kidladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди