Toyloqda kigiz to‘shamali ixcham issiqxonalar ommalashtiriladi

   Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

   Toyloq tumanidagi 41,417 ming ta aholi tomorqalarining 4294 gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali ekinlar ekilib kelinmoqda. Bu tomorqalarda 2023 yilda  156,9 ming tonna  mahsulot yetishtirildi. (2022 yilga nisbatan 15,9 ming tonna ko‘p).

  Tumanda 10209 ta aholi tomorqalarida plenka ostida to‘qsonbosti va ertaki ekinlar yetishtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yil davomida uch marta hosil olishga imkon beradigan 938 ixcham issiqxonalar (parniklar) tashkil etildi.

  •  2 ta mahallaning 240 ta aholi xonadonlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
  •  5 ta “Tomorqa xizmati” korxonalari (o‘tgan yildan 2 taga ko‘p) tomonidan 1,5 ming aholi xonadonlariga xizmatlar ko‘rsatildi. “Tomorqa xizmati” korxonalarining moddiy texnik bazasi yaxshilanib, tuman bo‘yicha 15 ta (750 tn) sovutkich ombor tashkil etildi.
  •    Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan “Tomorqa xizmati” korxonalari va klasterlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,067 mln so‘m ajratilib, 805 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. 

    Toyloqda 2023 yilda 2278 ta dehqon xo‘jaliklariga 625 gektar yer berilib, ekinlar joylashtirilmoqda. Xususan,  kartoshka 119 ga (2975 tn), loviya 50 ga (90 tn), pomidor 97 ga (2805 tn), piyoz 59 ga (2065tn), bodring 50 ga (900 tn), boshqa ekinlar 250 ga (2215 tn) ni tashkil etadi. Bundan tashqari bo‘shagan maydonlarga avgust-sentyabr hamda noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti ekinlari ekilib, parvarishlanmoqda.

    Tumanda tomorqachilikni yanada rivojlantirish maqsadida;

  •      Aholi ixtiyoridagi 4294 gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan 2-3 marta hosil olish maqsadida almashlab ekishni tizimli tashkil etish bo‘yicha mahallabay dasturlar ishlab chiqish orqali 9287 gektar tomorqa maydonlariga ertaki, takroriy va to‘qsonbosti usulida ekinlar ekish ta’minlanadi. Tumandagi 41,417 ming ta aholi tomorqalarining 4294 gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali 2024 yilda jami 9287 gektar, shundan 3237 gektar erta bahorgi, 2807 gektar takroriy hamda  3254 gektar  to‘qsonbosti usulida (shundan, 6345 ga sabzavot, 1639 ga kartoshka, 206 ga poliz, 651 ga dukkakli, 485 ga moyli va boshqa) ekinlar ekiladi. Natijada, joriy yil yakuni bilan 166,7 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.
  • “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 47 ta mahallalarni ixtisoslashtirish (shundan, sabzavotchilikka – 12 ta, kartoshkachilikka - 20 ta, meva-bog‘dorchilikka - 12 ta, rezavor mevalarga - 3 ta), 1044 ta aholi tomorqalarida ixcham issiqxonalarda va plyonka ostida mahsulotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali tomorqa yer maydonlaridan 169,2 ming tonna hosil yetishtiriladi (o‘tgan yildan 12,2 ming tonna ko‘p). Shuningdek, Xitoy usulida (kigiz ko‘rpali) ixcham issiqxonalar tashkil etish tajribasini tuman hududlarida ommalashtiriladi.
  •   Aholi xonadonlari va tomorqa yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida raqamlashtirish masalalari hal etiladi. Jumladan, mahallalarda uyma-uy yurish orqali tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xonadonda mavjud issiqxonalar hamda tomorqadan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Online-mahalla” elektron platformasining “Aholi tomorqasi” moduliga hokim yordamchilari tomonidan kiritib boriladi.
  •  Respublikaning meva-sabzavot ko‘p yetishtiriladigan tumanlarida aholi tomorqalariga kompleks xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun 5 ta tomorqa xizmati  MCHJlar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. Tumanda 9 ta kichik sovutkichlar hamda 4 ta quritish uskunalari tashkil etishga ko‘maklashiladi;
  • Tumanda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy o‘quv-tajriba maydonlari tashkil etilib, tomorqa yer egalarini bilim va ko‘nikmalari oshirib boriladi.   
  •  Tomorqa xo‘jaliklarida 2024 yilda ajratilgan mablag‘lar va barcha imkoniyatlar hisobiga 1083 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi. 
  • Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tomorqa xizmati korxonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 1,3 mlrd so‘m kredit resurslari ajratiladi. Qishloq xo‘jaligida shartnoma intizomini mustahkamlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining huquqiy savodxonligi oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди