Bizdan obod manzillar qolsin!

   

   Obod mahalla va qishloq odamlarining qalbi ham obod, madaniyati ham yuksak bo‘ladi. Bugun Toyloq tumani bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan obodonchilik yumushlari Tepaqishloqda ham o‘z aksini topayotgani qishloq ahlini xursand qilmoqda.

    Bu o‘zgarishlardan ruhlangan tepaqishloqliklar yeng shimarib ishga kirishishdi. Mahalla аhli allaqachon bahorgi yumushlrni boshlab yuborishgan. Hovli-yu ko‘chalarni tozalash, tomorqa madaniyatiga e’tibor qaratish, daraxtlarni oqlab, shakl berish, yerni ekin ekishga tayyorlashda bobo-yu buvilar nabiralariga bosh-qosh bo‘lishmoqda.  
     Xalqimizning mehnatkashligi, bunyodkorligi va hamjihatligi tufayli ozod yurtimizning obod go‘shalari yil sayin ko‘payib, aholi turmushi yanada farovon bo‘lmoqda. Zero, sohada izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi  inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.


 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди