Obod mahalla obod xonadondan boshlanadi

    Xalqimizning mehnatkashligi, bunyodkorligi va hamjihatligi tufayli ozod yurtimizning obod go‘shalari yil sayin ko‘payib, aholi turmushi yanada farovon bo‘lmoqda. Zero, sohada izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi  inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
     Shu kunlarda Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" tamoyili asosida obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Bu manzilda ish maromi va sifati respublika ishchi guruhi a’zosi Zulfiqor Karimov hamda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov tomonidan muntazam o‘tkazilib kelinayotgan yig‘ilishlarida tahlil etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olinmoqda.
   Obodonlashtirish tadbirlari doirasi aholi muammolarini o‘rganish,  xonadon sarishtaligi, tomorqa madaniyatinini targ‘ib qilish bo‘yicha ham tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди