Toyloqda “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi start oldi 

   Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida respublikamizning 12 ta viloyatlaridan 200 nafarga yaqin sportchi qizlar voleybol turi bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida ishtirok etish uchun jam bo‘lishdi. 
    Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi, Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Farhod Alimov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Umid O‘tayev, Toyloq tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

   O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda so‘zga chiqqanlar jamoalarga omad tilashdi.Qolaversa, musobaqa tashkilotchilari bugun, 6-fevral kuni tavallud topgan sportchi qizlarni tabriklab, esdalik sovg‘alarini berishdi.  Shundan so‘ng, musobaqaga start berildi.  
   Musobaqalar 12-fevralga qadar davom etadi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди