"TEPAQISHLOQ" MAHALLASI OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

   Toyloq tumanidagi Bugun "Tepaqishloq" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o'rinbosari U.Muhammadiyev viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R. Mamatov, viloyat tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari B. Raхmatullayev, Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari S. Eshmatovlar mahalla huddudida bo'lishdi. 

   Amalga oshirish kerak bo'lgan ishlarni,  fuqarolar o'rtasida shukronalik hissini uyg'otishni,  to'g'ri targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishni kelishib olishdi.
Mahalla nuroniylari bilan suhbatda bo'lib,  har bir inson o'z uyini, o'z hududini obodonchiligi uchun qo'shnisiga,  atrofdagilarga o'rnak bo'lishida nuroniylarni ham birdamlikka chorlashdi.  
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди