YUKSAK GʻURUR, ULKAN JASORAT, CHEKSIZ FAXR: VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCHDIR

     Hurmatli askarlar, serjantlar va ofitserlar, Qurolli Kuchlarimizning  hurmatli faxriylari! Toyloqning mard va jasur o‘g‘lonlari!

Barchangizni mamlakatimizda, shu jumladan, tumanimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
    Ushbu qutlug‘ ayyomda  hayotini, borlig‘ini ona yurt himoyasidek ezgu ishga baxshida etgan siz,jasur Vatan himoyachilarini sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
     Sizning mardona xizmatingiz tufayli bugun osmonimiz musaffo, bolalarimiz, moʻtabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqdalar. Jannatmakon yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda. Buni biz maftunkor tumanimiz misolida ham ko‘rib turibmiz. Shuning uchun sizlar bilan faxrlanamiz.

Qadrli Vatan himoyachilari!

Sizlarni yana bir marta bayramingiz bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shon-sharafli ishingizdazafarlar  tilaymiz. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Toyloq tumani hokimi Bahodir BOBONAZAROV.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди