Harbiylar maktabga 200 ta kitob sovg‘a qilishdi

 

   Toyloq tumanidagi 40-umumta’lim maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Maktabim - faxrim” nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu maktabda ta’lim-tarbiya olgan, hozirgi kunda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 02855-sonli harbiy qism komandiri bo‘lib faoliyat yuritayotgan Firdavs Umarov, harbiy xizmatchilar, markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi orkestorlari, maktab jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etishdi. 
    Tadbir avvalida Firdavs Umarov maktab uchun 2 ta televizor, 200 dona badiiy kitoblar, shuningdek, ustozlari va ota-onasiga sovg‘alar ulashdi. 
   Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar hamda markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi orkestorlari o‘zlarining jangovor va musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди