Beparvolik – kelajak zavoli

 

Toyloq tumanidagi Birlik mahallasida "Mahallada duv-duv gap" tadbirining 2-bosqichi "Harbiy-vatanparvarlik" g‘oyalari haqida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla nuroniylari va faollari, uyushmagan yoshlar, jamoatchilik vakillari, hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi. 
   Tadbirdan so‘z olgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mahalla, maktab, hoji ota, hoji onalarning faolligi, yoshlar qalbida yurtga daxldorlik, ogohlik hissini uyg‘otish, shuningdek, O‘zbekistonning kecha va buguni, dunyoda ro‘y berayotgan turli voqealar, internet va yoshlar kabi mavzularda so‘z yuritdi.    
    Joylarda o‘tkazilayotgan bu kibi targ‘ibot tadbirlari orqali ma’rifat bilan omma ichiga kirib borilmoqda.   Yurtdoshlarimizga jamiyatimizdagi tub o‘zgarishlar, islohotlar jarayonlari, samaralari haqida zarur tushunchalar berilmoqda. Eng asosiysi, ana shu jarayonlarda ularning faol ishtiroki keng targ‘ib etilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди