Zamonaviy sport zal o‘quvchi va yoshlar ixtiyoriga topshirildi

 

    Toyloq tumanidagi Birlik mahallasida joylashgan 23-umumta’lim maktabida 320 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Bino 2013 yilda qurilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya darsi uchun sport zal yo‘q edi. Farzandlarining sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarini xohlagan mahalla aholisi “Open byudjet”ning 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, g‘olib bo‘lishdi.  
    1 mlrd 200 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan zamonaviy sport zal bugun foydalanishga topshirildi.
   Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov maktab jamoasi hamda mahalla ahlini yangi bino bilan qutladi. Ushbu sport majmuasi yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga xizmat qilishini, ta’lim dargohidan bilimli o‘quvchilar, iqtidorli sportchilar chiqishini tiladi. 
   Qizil lentalar kesilgach, tadbir ishtirokchilari sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди