Ma’naviyatli inson ongida jaholatga o‘rin qolmaydi

 

Shopo‘lot mahallasida o‘tkazilgan "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi     rahbari Z.Avazov yuqoridagi fikrni ilgari surdi. U o‘z so‘zida O‘zbekistonning kecha va buguni, dunyoda ro‘y berayotgan turli voqealar, internet va yoshlar kabi mavzularda so‘z yuritdi. Shuningdek, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambaridinnova, tuman bosh otinoyisi Z.Ubaydovalar qizlar ma’naviyati, ta’lim-tarbiyasi, oila mustahkamligi, islom dinining asl mohiyati haqida fikr-mulohaza bildirishdi.
   Tadbir davomida turli viktarinalar o‘tkazilib,  g‘oliblar taqdirlandi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosida musiqiy dastur davraga ko‘tarinkilik ulashdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди