"Vatan tayanchi"  otryadi a’zolariga ko‘krak nishoni topshirildi 

    Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 2-martdagi 150-sonli Qaroriga asosan Mudofaa vazirligining "Vatan tayanchi"  otryadi a’zolariga ko‘krak nishoni hamda guvohnomalarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

   Tadbirda Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy ofiserlari va orkestr jamoasi, tuman hokimining yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari J.Haqberdiyev, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i S.Nabiyev, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari va otryad a’zolari ishtirok etdi. 

   Tadbirning badiiy qismini tuman madaniyat bo‘limining xodimlari va Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonining orkestr jamoasi va Qorovul qo'shinlarining jangovar chiqishlari hamda  sahna ko'rinishlari  namoyish etishdi. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди