Toyloqda Yangi yil bayrami nishonlandi

 

      Yangi yil! Eng sevimli,  eng ajoyib va moʻjizalarga boy bayram! Bolalik damlarimiz ortda qolganiga qaramay, shu bayramdan negadir moʻjiza kutishda va  orzu-niyatlar qilishda davom etaveramiz. 
   Bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Toyloq tumani markazida bezatilgan katta archa atrofida bolajonlar uchun bayram tadbir tashkil etildi. 
     Tadbirni Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ochib, barchani bayram bilan qutladi. Shundan so‘ng bolajonlar jo‘rligida 50 nafar qorbobo va qorqiz sahnaga taklif etildi. 
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbirni davom ettirdi. Qolaversa, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди