Aholi murojaatlari tinglandi

 

     Taraqqiyot mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman hokimining o‘rinbosari Sardor Eraliyev, 1-sektor shtabi kotibi Sherzod Qorayev, tuman korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Sayyor qabul davomida aholi tomonidan moddiy va o‘quv-kontrakt pulini to‘lash, soliqdan qarzdorligini ko‘rib chiqish, uy-joy ta’miri uchun qurilish mollarini berish kabi masalalar yuzasidan murojaat kelib tushdi. 
    Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topilib,  mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. 
    Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди