Navbatdagi sayyor qabul Yangi hayot mahallasida o’tkazildi

 

    Aholi murojaatlarini joyiga borgan holda o‘rganish va hal etish maqsadida Toyloq tumanining 4 ta sektorlari hududidagi mahallalarda har kuni aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.  Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi 1-sektor hududidagi Yangi hayot mahallasida o‘tkazildi. 
    Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, 1-sektor kotibi Sherzod Qorayev hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari  fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi. 
Sayyor qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasidagi muammolarni bartaraf etish, chiqindi tashish xizmati, gaz ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash kabi murojaatlar kelib tushdi.
    Mazkur masalalarni o‘rganib, aniqlangan holatlarni bartaraf etish, muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди