Tepaqishloqda seminar o‘tkazildi

 

   Ma’lumki, 2024 yilning I choragida Samarqand viloyatida “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari asosida qishloqlarning infratuzilmasi yaxshilanishi belgilangan. Ushbu mezon asosida Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasi tanlab olingan bo‘lib, bu yerda keng ko‘lamdagi  obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlar olib boriladi.
   Bugun ushbu mahallada “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ko‘chaboshi ayollar, hoji onalar va mahalla faollari uchun seminar tashkil etildi. 
   Respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Toyloq tumani hokimligi mas’ullari ishtirok etgan tadbirda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida ishni tashkil etish, xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi, oilalar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, xonadon madaniyati va gigiyenasi kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda ushbu yo‘nalishlarda  targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди