Muammolarga yechim izlandi

     

     Toyloq tuman prokurori, 2-sektor rahbari A. Saypiddinovning navbatdagi sayyor qabuli Baxshitepa mahallasida o‘tkazildi.  Tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla beshligi ishtirok etgan sayyor qabulda       fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi.  
     Xususan, qabulda fuqarolardan kommunal sohaga oid masalalar – gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, shuningdek, ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 
    Murojaatlarga tuman tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda yechim izlandi va ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди