Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

    Unda Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 83-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
   Jumladan,  tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha   tuman hokimining o‘rinbosari N.Kambaridinovaning hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi  Farmoni ijrosi yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Usmonovning hisoboti tinglandi.
   Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди