Konstitutsiya huquqlarim poydevori

     Bugun Toyloq tumanidagi umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Toyloq tuman Adliya bo'limi va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. 
     Tanlovda  21,34 va 38-maktablarning o'quvchilari yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsatishdi. Shu bilan birga 9, 17, 18, 23, 27, 28, 29, 31, 35, 39, 43, 46, 51, 53, 54, 56 hamda 57-maktablarning o'quvchilari ham faol qatnashishdi. G'olib va faol qatnashganlarga hamkor tashkilotlarning faxriy yorliqlari topshirildi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди