Aholi murojaatlari tinglandi

     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining Bog'ichinor mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.     
    Unda tuman hokimi  B. Babonazarov idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, subsidiya asosida uy-joy olish, kadastr hujjatlaridagi muammolar, auksion orqali yer olish, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaat kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi,  ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди