Toyloqda davlat bayrog‘ining 32 yilligi nishonlandi

    Davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. 
   Toyloq tumanida sana munosabati bilan yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
  Erta tongdan tuman hokimligi binosi oldiga yig‘ilgan  harbiylar, sportchi yoshlar, korxona va tashkilotlar, ichki ishlar xodimlari va  milliy gvardiya boshqarmasi otliqlari, texnika vositalari markaziy stadion tomon harakatlandi.

   O‘yingohda yig‘ilgan ishtirokchilar dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylashdi. Shundan so‘ng, ertalabki badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazildi. 
   Tadbirda Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev so‘zga chiqib, tuman ahlini bayram bilan qutladi.
   Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.


 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди