Yong‘in xavfsizligi oyligi

   Yurtimizda joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yong‘in xavfsizligi oyligi deb elon qilindi. Mazkur oylik doirasida  bugun Toyloq tumanidagi 29-30-maktablaria Samarqand viloyat FVB va tuman FV bo‘limi xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. 
  Tadbirda o‘quvchilarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari, kattalarning nazoratisiz gaz va elektr energiyasiga ulangan qurilmalardan, qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik borasida so‘z yuritib, ko‘rgazmalar orqali tushuncha berishdi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди