Ko'kalamzorlashtirish oyligi davom etmoqda

    Bugun ekilgan bir dona nihol kun kelib, katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi. 
    Toyloq tumanida joriy yilning kuz mavsumida 407 ming dona turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunga qadar hududda 51, 9 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 
    Qolaversa, ekilgan daraxt ko‘chatlari o‘z vaqtida sug‘orilib, parvarishlanmoqda. Ayni damda Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4R-50 Toyloq-Urgut avtomobil yo‘li chetlarida ekilgan mevali ko‘chatlarni sug‘orish, oziqlantirish ishlarini olib borilmoqda. Qolaversa, daraxt ko‘chatlarini ekish uchun yer tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди