Tadbirkorlar huquqlari himoyasi dolzarb vazifa

  Bugun atrofimizga nazar tashlar ekanmiz har jabhada rivojlanish va yangilanishlarga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, yurtboshimizning tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tabdirlari, tadbirkorlik faoliyatining aholi orasida keng quloch yoyishiga sabab bo‘lmoqda. Puldan pul keltirib chiqaruvchi tadbirkorlar sonining ortishi jamiyatni kambag‘allik darajasidan olib chiqadigan yagona omildir. Shu boisdan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, tadbirkorlarning haq-huquqlari va manfaatlari himoya qilinmoqda.
  Xo‘sh, Toyloq tumanida bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Tadbirkorlar murojaatlari ijobiy hal etilyaptimi?
  Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jamurodov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqotda batafsil ma’lumot berildi.

   Ta’kidlanishicha, bugungi kunda savdo sanoat palatasining Toyloq tuman bo‘limi bilan 865 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 257 ta yuridik shaxs tashkil qilgan tadbirkorlik sub’yektlari a’zolik shartnomasi tuzgan bo‘lib, ularning muammolari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Ayni kunga qadar 674 tadan ortik tadbirkorlik sub’yektlariga bepul huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.
    2022-2023 yillar mobaynida tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudlarga 6 ta 1,8 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritildi. Jumladan 1 ta apelyasiya instansiyasiga, 1 ta kasatsiya instansiyasiga quyi sudlar tomonidan sud qarorlari ustidan shikoyat kiritildi. Bugungi kunda 1 nafar tadbirkor foydasiga 640 mln sumlik da’vo ishi yuzasidan mediatsiya kelishuvi jarayoni olib borilmoqda, 1 ta holatda 795 mln so‘mlik da’vo ariza sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.10 ta holat yuzasidan tadbirkorlik sub’yektiga Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmini bekor qilishda yordam ko‘rsatildi.

   Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning savollari va murojaatlari tinglandi. Muammolar yechimi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qolaversa, tadbirkorlarning haq-huqularini himoya qilish, ularning faoliyat yuritishi uchun qulayliklar yaratish borasidagi masalalar tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama etildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди