Toyloqda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

  Tanlovda har bir qizning orzusi sanalgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining sohibasi bo‘lish istagidagi 14 yoshdan 30 yoshgacha  bo‘lgan qizlar 7 ta yo‘nalish - ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori cho‘qqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan yoshlar ishtirok etishdi.
   Tanlov komissiyasi azolari tomonidan har bir ishtirokchi qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari va so‘ngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik sohalaridagi alohida yutuqlarini ko‘zdan kechirishdi.
    Hakamlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘ringa munosib topilgan   qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishadi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди