Toyloqda tashqi reklamalarning qonuniyligi o‘rganilmoqda

   Tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan tashqi reklamalar; peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga mosligi tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.
   Tuman hududidagi 80 ga yaqin tashqi reklama ob'yektlarining qonun talablariga moslik holati o‘rganilib, qonunga zid ravishda o‘rnatilgan va davlat tili me’yorlarida yozilmagan tashqi reklama ob'yektlari olib tashlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari talablariga rioya etishni istamagan tadbirkorlarga ogohlantirish berilib,  tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar!

 Mahsulotingiz reklamasini qonunga rioya qilgan holda joylashtirishingiz so‘raladi. Aks holda qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligini eslatib o‘tmoqchimiz.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди