Yoshlarning muammolari doimiy e’tiborda.

     Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan tumandagi Zarafshon mahallasida yashovchi bir guruh yoshlarning muammolari o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.
   Jumladan, 1 nafar nogironligi bor yoshga  turmush o‘rtog‘ini tikuvchilik hunari borligi sababli uyda tikuvchilik qilish istagini bildirgan edi. Tuman hokimligi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda fuqaroga so'ngi rusmdagi zamonaviy tikuv mashinasi olib berildi.
   Shuningdek,  2 nafar yoshning xonadoniga borib oilaviy sharoiti o‘rganildi, mazkur yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar  ham tez kunlarda homiylar yordamida amaliy ko‘mak berilishi aytib o‘tildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди