Tuman hokimi “Bilimlar kuni”da ishtirok etdi

 

    O‘quvchilar orziqib kutgan yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Mustaqillik darsi" tashkil etildi.
   Xususan, Toyloq tumanidagi 45-umumta’lim maktabida o‘tgan tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov o‘quvchilarni mustaqilligimizning 32 yilligi, qolaversa,  yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutladi. Shundan so‘ng 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

   

   Tadbir o‘quvchilarining bayram uchun tayyorlangan dasturlari bilan davom etdi. 
   Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangragach, sinfxonalarda “Mustaqillik darsi” boshlandi. Xususan, darsda ishtirok etgan tuman hokimi Bahodir Bobnazarov istiqlol ne’mati, uning bebaho qadr-qimmati qolaversa, prezidentimiz va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди