"Shodlik" ansambli toyloqliklarga bayram kayfiyatini ulashdi

 
  Ayni kunlarda eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi tantanalari "Yangi hayot uchun-Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida keng nishonlanmoqda. Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan mustaqillik bayramini kutib olish, qalblarimizga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. 
   Ana shunday tadbirlardan biri Respublika filarmoniyasining "Shodlik" ansambli tomonidan Toyloq tumanidagi Nuroniy mahallasida o‘tkazildi. 

   Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi rahbari Ziyadullo Avazov, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Nuroniy jamg‘armasi raisi M.To‘rayevlar ishtirok etishdi.
   Mahalla aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun tashkil etilgan tadbirda namoyish etilgan bayram dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди