Aholi murojaatlari tinglandi

  Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida toyloqlik fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda tuman Halq qabulxonasi mudiri Qirg‘izboy Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari  ishtirok etishdi va fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.  
   Murojaatlarning aksariyati moddiy yordam, uy-joy, ichki yo‘llarni asfalt qilish, bola nafaqasini olish, bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ldi. 
   Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi va ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddilarga biriktirildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди