“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda

   Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2023 yil 10 iyul - 10 avgust kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri amalga oshirilishi belgilangan edi. 

   Tadbir doirasida yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlarida, toifalangan va iqtisodiyot ob’yektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob’yektlar, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ta’minlanishi belgilangan. 

   Oylik doirasida bugun Toyloq tuman obodonlashtirish boshqarmasida favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda zilzila vaktida to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in chiqqanda tezkor, to‘g‘ri va xavfsiz harakatlanish qoidalari  buyicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди