Statistika bo'limi ogohlantiradi

Kichik biznes subyektlari diqqatiga!
      4-kb savolnoma shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”  Mikrofirma va kichik korxonalar - (Statistika agentligi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha) tomonidan 4-kb statistik savolnoma shaklini elektron ko‘rinishda  avtomatlashtirilgan eStat 4.0 tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etilishi mumkinligi hamda ushbu savolnomani to‘ldirilgan chorakdan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

KORXONA VA TASHKILOTLAR HISOBCHILARI DIQQATIGA!

 Sanoat faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslarining o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi hisobot 4-narx (xarid) shakli choraklik statistika hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim etishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75 
 

Korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

        Barcha iqtisodiy faoliyat turlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruv organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklardan, notijorat tashkilotlardan tashqari) 4-invest (asosiy) shakli (choraklik) “Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot” statistika hisobotini 2023-yilning 6-iyul sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

     Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)  4-Mehnat shakli (Mehnat hisoboti) (choraklik) statistika hisobotini 2023-yilning  6-iyul sanasidan kechiktirmasdan www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlarida joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda elektron imzodan foydalangan holda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

   Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan Korxona va tashkilotlar tomonidan 4-sanoat (mahalliylashtirish) shakli (choraklik) (Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot) statistika hisobotini 2023-yilning 6-iyul sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

  Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

   Barcha tijorat tashkilotlari diqqatiga!
  Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar tomonidan “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” 12-korxona shakli (oylik) statistika hisobotini 2023-yilning 5-iyul sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishingizni so‘raymiz.
   Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

Barcha yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari diqqatiga!
    Yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari (sug’urta tashkilotlari, banklar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 12-moliya shakli (oylik) statistika  hisobotini 2023-yilning
18-iyul sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!
Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

 

Сhet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag‘ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

   “O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida”gi 4-invest (xorijiy)shakli (choraklik) statistika hisobotini 2023-yilning II-choragi uchun hisobot davridan keyingi oyning 29-iyul sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

Murojaat uchun telefon: (66) 666-57-75

Toyloq tuman statistika bo‘limi.

 

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

  Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66) 235-58-95, 235-05-83)  tashkil etilgan.

   “Ishonch telefonlar”ning uzluksiz ishlashi ta’minlangan hamda kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan va har bir holat bo‘yicha alohida nazorat  o‘rnatiladi.

    Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va statistika tizimi o‘rtasida amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita, muloqotlar tashkil etish orqali ularda yuzaga kelgan takliflar va muammolarni o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor ravishda bartaraf etish va kelgusida oldini olish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika organlari tomonidan har oyda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Davra suhbatlari kuni” tashkil qilinadi.

    Mazkur tadbirlar bevosita boshqarma, tuman va shahar statistika bo‘limlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkaziladi.

“Davra suhbatlari kuni”da ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni muhokama qilgan holda, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar beriladi va lozim bo‘lganda muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.

  Murojaat uchun telefon: (66) 235-61-98, 235-58-95

  Samarqand viloyati statistika boshqarmasi.

 

 

 

 

 

 

 

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди