Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

   Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati yuzasidan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

  Urgut va Toyloq tumanida faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining filiallari rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati haqida, shuningdek, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida inson qadri, uning ma’nfaatlari,  erkinliklari bo‘yicha hamda fuqarolarning daxlsizligi, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida  to‘xtalib o‘tildi.

   Shuningdek, Konstitutsiyaning bank tizimi faoliyatiga oid 41-, 150- va 151-moddalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. 

   Tadbir so‘ngida, ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди